Kompaniyangizni odamlar ko‘radigan va eslab qoladigan qilaman.
Men — Rislikov Ibaydillo, iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha 3-bosqich talabasiman. Media bozorida 2 yildan ortiq tajribaga egaman.
Media bilan bog‘liq istalgan ishni qilaman. Kerakli xizmatni bossangiz, Telegramda xabar tayyor bo‘lib ochiladi.
Yozing, nima kerak. Media bilan bog‘liq bo‘lsa, qilib beraman yoki qanday qilish kerakligini aytaman.
Hammasi oddiy.
Telegramda yozasiz, nima kerakligini aytasiz.
Gaplashib, maqsadingiz nima va kimga qaratilganini aniqlaymiz.
Nima qilishimiz va narxini kelishib olamiz.
Ishni boshlayman, jarayonni ko‘rib turasiz.
Ishlarim va yangiliklar.
Faoliyatim davomida ta’lim va qurilish sohalarida marketing, media va kontent yaratish yo‘nalishlarida tajriba orttirganman. Shuningdek, turli ijtimoiy mavzularga bag‘ishlangan videoroliklar va kreativ media loyihalar ustida ham ishlayman.
Asosiy maqsadim — kompaniya va tashkilotlarning media makonidagi o‘rnini mustahkamlash, ularning auditoriya bilan samarali muloqotini yo‘lga qo‘yish hamda kuchli brend shakllanishiga hissa qo‘shish.
Men uchun marketing — shunchaki kontent yaratish emas. Bu strategiya, ishonch, kommunikatsiya va natijaga yo‘naltirilgan faoliyatdir.
Har bir loyiha — yangi imkoniyat, har bir brend — o‘ziga xos hikoya.
Savolingiz yoki loyihangiz bo‘lsa, yozing.